“Manchester Yunayted” sobiq bosh murabbiyi Joze Mourino faoliyatini Fransiya chempionatida davom ettirishi mumkin.
56 yoshli portugaliyalik “Lion” yoki “Monako”da ishlashni rejalashtirmoqda, deya xabar beradi “Daryo”.
Murabbiy va uning agenti Jorje Mendesh ushbu maʼlumotga hozircha izoh bermadi. Chunki ayni damda ikkala klub ham murabbiyga ega — Bryuno Jenezio va Leonardu Jardim.
Manbada aytilishicha, “Monako” varianti haqiqatdan yiroq, sababi Mourino hamda Jardimning agenti bitta.
Shu bilan birga “Lion” prezidenti Jan-Mishel Olas Jenezio oʻrniga boshqa nomzodlar bilan muzokara oʻtkazganicha yoʻq. Ammo u 2010 yilda Klod Pyuyelni tayinlashdan avval Mourinoga taklif bilan chiqishni xohlaganini aytgandi.
Avvalroq Mourino Liga 1 oʻyinlariga tashrif buyurib, Fransiya chempionatida ishlashi mumkinligini aytgandi.
Eslatib oʻtamiz, Joze Mourino 2018 yilning dekabr oyida “Manchester Yunayted” bosh murabbiyligidan isteʼfoga chiqarilgandi.
Uning qoʻl ostida jamoa 2016/17 yilgi mavsumda Angliya Liga Kubogi hamda Yevropa Ligasi kubogini yutgan, shuningdek, Angliya Superkubogiga ham ega chiqqan. “Yunayted” APLning 2016-2017 yilgi mavsumida 6-oʻrinni, 2017/18 yilgi mavsumda esa 2-oʻrinni egallagandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi