16:13 / 31.03.2019
2 549

“Bavariya” klubi bosh murabbiy lavozimiga Mourinoni olib kelmoqchi

“Bavariya” klubi bosh murabbiy lavozimiga Mourinoni olib kelmoqchi
“Bavariya” klubi rahbariyati Joze Mourinoga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Germaniya klubi joriy mavsum yakuniga yetgandan keyin portugaliyalik mutaxassisni bosh murabbiy lavozimiga tayinlashni koʻrib chiqmoqda. Bu haqda Footmercato nashri maʼlumot bermoqda.

“Bavariya” klubi bosh murabbiyi Niko Kovach jamoani 2018 yilning yozidan buyon boshqarib kelmoqda. Myunxenliklar kecha qayd etilgan durangdan soʻng milliy chempionatdagi peshqadamlikni boy berishdi. Klub YECHL 1/8 final bosqichida “Liverpul”ga magʻlubiyatga uchrab (0:0, 1:3) musobaqani tark etgan.

Joze Mourinoning oxirgi ish joyi “Manchester Yunayted” klubi edi. Ushbu klubni mutaxassis 2018 yilning dekabr oyiga qadar boshqarib keldi. Bundan avval portugaliyalik murabbiy “Chelsi”, “Real”, “Inter”, “Portu”, “Unian Leyria” va “Benfika” klublarini boshqargan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Bavariya” klubi bosh murabbiy lavozimiga Mourinoni olib kelmoqchi