Foto: Google Images
Havaskor boks boʻyicha Osiyo chempioni, Rio Olimpiadasi kumush medal sohibi, jahon chempionati sovrindori Bektemir Meliqoʻziyev faoliyatini professional boksda davom ettiradigan boʻldi. Bu haqda GoSport xabar berdi.
Soʻnggi vaqtlarda -81 kg vazn toifasida janglarda ishtirok etib kelayotgan Meliqoʻziyev kuni kecha AQSHga joʻnab ketgan. Bektemir Meliqoʻziyev u yerda »Mir boksa» promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda.
Maʼlumot uchun, mazkur promouterlik kompaniyasida bugungi kunda oʻzbekistonlik bir qator bokschilar, jumladan Shahram Gʻiyosov (7 ta jang, 7 ta gʻalaba, 6 ta nokaut), Murodjon Ahmadaliyev (5 ta jang, 5 ta gʻalaba, 4 ta nokaut), Isroil Madrimov (2 ta jang, 2 ta gʻalaba, 2 ta nokaut) va Bahodir Jalolov (5 ta jang, 5 ta gʻalaba, 5 ta nokaut) shugʻullanib kelishmoqda. Bektemir aynan mana shu kompaniya bilan shartnoma tuzayotgan navbatdagi oʻzbekistonlik sportchi boʻladi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq havaskor boks boʻyicha jahon chempionati yoʻllanmasini taqdim etuvchi Osiyo chempionati uchun Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibi eʼlon qilingan va undan Bektemir Meliqoʻziyev oʻrin olmagandi.
Bektemir Meliqoʻziyev professional boks “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Shohjahon Ergashev mashhur promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolaydimi?

Isroil Madrimov Oʻzbekistonda qanday kutib olindi? (video)

Anchelotti: Ronalduning yagona xatosi «Yuventus» safiga o‘tgani bo‘ldi

Tojikiston terma jamoasi a’zosi yangi mavsumni "Nasaf"da boshlashi mumkin

Serxio Ramosning uchinchi farzandi dunyoga keladi

«Chelsi» Yaponiyaning «Yokohama» kompaniyasi bilan 200 million funtlik shartnoma imzoladi