Foto: Google Images
Havaskor boks boʻyicha Osiyo chempioni, Rio Olimpiadasi kumush medal sohibi, jahon chempionati sovrindori Bektemir Meliqoʻziyev faoliyatini professional boksda davom ettiradigan boʻldi. Bu haqda GoSport xabar berdi.
Soʻnggi vaqtlarda -81 kg vazn toifasida janglarda ishtirok etib kelayotgan Meliqoʻziyev kuni kecha AQSHga joʻnab ketgan. Bektemir Meliqoʻziyev u yerda »Mir boksa» promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda.
Maʼlumot uchun, mazkur promouterlik kompaniyasida bugungi kunda oʻzbekistonlik bir qator bokschilar, jumladan Shahram Gʻiyosov (7 ta jang, 7 ta gʻalaba, 6 ta nokaut), Murodjon Ahmadaliyev (5 ta jang, 5 ta gʻalaba, 4 ta nokaut), Isroil Madrimov (2 ta jang, 2 ta gʻalaba, 2 ta nokaut) va Bahodir Jalolov (5 ta jang, 5 ta gʻalaba, 5 ta nokaut) shugʻullanib kelishmoqda. Bektemir aynan mana shu kompaniya bilan shartnoma tuzayotgan navbatdagi oʻzbekistonlik sportchi boʻladi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq havaskor boks boʻyicha jahon chempionati yoʻllanmasini taqdim etuvchi Osiyo chempionati uchun Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibi eʼlon qilingan va undan Bektemir Meliqoʻziyev oʻrin olmagandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
2024 yil yozida Ukrainadagi urush va Rossiyaning yurishi qanday bo‘ladi?
Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi