
Bokudagi “Buyuk ipak yoʻli” turnirida oltin medalga sazovor boʻlgan bokschimiz Iqboljon Xoldorov ortda qolgan musobaqa haqida oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
"Musobaqa davomida toʻrtta jang oʻtkazdim. Raqiblarim oʻziga yarasha isteʼdodli, kuchli raqiblar edi. Toʻgʻrisi, bunday kuchli bokschilarga qarshi jang qilaman deb oʻylamagandim. Vazn toifamni oʻzgartirganman. Bu yangi vazndagi dastlabki musobaqam edi. Shukr, barchasi oʻylaganimdek boʻldi. Nasib qilsa, oldinda turgan katta-katta musobaqalarda ham yurtimizga oltin medal bilan qaytishga harakat qilaman. Turnirdagi eng kuchli raqibim sifatida qozogʻistonlik va rossiyalik bokschilarni koʻrsatgan boʻlardim.
Eski vaznga qaytish? Oldindan biror gap ayta olmayman. Barchasini vaqt koʻrsatadi. Ammo, hozirda -69 kg vazn toifasida oʻzimni yaxshi his qilyapman", - dedi Iqboljon Xoldorov.
Manba: Olamsport.com “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar