Boks bo‘yicha Rio-2016 Olimpiadasi sovrindori Bektemir Meliqo‘ziyev professional boksga o‘tdi, degan xabarlar paydo bo‘lgandi. Bu boradagi xabarlarga aniqlik kiritish maqsadida Kun.uz muxbiri boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Marat Qurbonov bilan bog‘landi. Murabbiy Bektemir professional boksga o‘tmayotganini ta’kidladi.
«Bektemir AQShga professional boksga o‘tish uchun ketgani yo‘q. U belidagi jarohati sabab 6 oy shug‘ullana olmadi. Bu orada biroz vazni ham og‘irlashdi. Shu sabab Kaliforniyaga tiklanish jarayonini o‘tkazish uchun ketdi. Bektemir u yerda 5-6 oy tiklanish jarayonida qatnashadi va Olimpiada saralashiga tayyorlanadi».
Bektemir 3 aprel kuni AQShga jo‘nab ketgan. Bokschi Kaliforniyada sparring janglarida qatnashadi va o‘zining yuqori formasiga qaytish uchun mashg‘ulotlar o‘tkazadi. Meliqo‘ziyevning senyatbrda o‘tkaziladigan jahon chempionatida qatnashishi aniq emas, lekin u Tokio Olimpiadasi saralashida qatnashadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi
Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi
Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi
AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi