"Paxtakor" bosh murabbiyi "Al Sadd" bilan bahsdan keyingi matbuot anjumanida fikrlarini bildirdi.
- Ajoyib futbol oqshomi bo‘ldi, minglab muxlislar, ajoyib ob-havo. Biz futbolni yaxshi ko‘radigan jamoaga qarshi o‘ynadik. Shunday jamoaga qarshi o‘ynash doim ajoyib. O‘ylashimcha, biz ham saviyamizni namoyish etdik. Yuqori saviyada o‘ynay olishimizga ishonish kerak.
Bugun biz xarakter ko‘rsatdik. Ikki marta hisobda ortda qolib hisobni tenglashtira oldik. Yigitlar tezkor o‘yin namoyish etishdi. Umuman olganda, yaxshi o‘yin bo‘ldi.
Ha, raqib safida jahon yulduzlari o‘ynashdi. Ammo ular bilan tengma-teng o‘ynashimizga o‘zimiz ishonishimiz kerak. G‘alaba qozonishni o‘rganish lozim. O‘zbek xalqi ochiq va hujumkor o‘yinni yaxshi ko‘radi. Bu bizning uslubimiz va ko‘plab hujum qilib g‘alaba qozonishimiz kerak.
Albatta, tezkor gol o‘tkazganimiz doim ta’sir qiladi. Xavi haqiqiy, futbol afsonasi. Unga yarim metr bo‘sh joy qoldirsangiz yetarli ekanini ko‘rdik.
O‘tkazib yuborilgan gollarda Quvvtovni ayblamagan bo‘lardim. Xavi Kasilyas va boshqa kuchli darvozabonlarga ham gol urgan. Bu yerda mahorat o‘z so‘zini aytdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi
Suvning fanga noma’lum bo‘lgan yangi xususiyati topildi
Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
Polsha generali: “Rossiya va Belarus bilan chegarada minalangan maydonlarni o‘rnatish kerak”
Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi”
Rossiyada Ishim daryosidagi suv sathi tarixiy rekordni yangiladi
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi