Fransiya chempionatining 32-turi sensatsion natija bilan tugadi. Turning oxirgi o‘yinida «PSJ» eng yaqin ta’qibchisi «Lill» maydonida 1:5 hisobida yutqazdi.
Lilldagi «Per-Morua» stadionida kechgan o‘yinning 11-daqiqasigacha jamoalar bittadan gol almashdilar: dastlab 7-daqiqada Toma Menening avtogoli mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi, 4 daqiqa o‘tib Xuan Bernat jamoadoshining xatosini to‘g‘riladi – 1:1. Ammo ushbu gol parijliklar uchun oxirgisi bo‘lib qoldi. 36-daqiqada Bernat qizil kartochka olib maydonni tark etdi.
Ikkinchi bo‘limda Nikolya Pepe, Jonatan Bamba, Gabriel Magalyaes, Joze Fonte kabi futbolchilar o‘rtacha har o‘n daqiqada gol urib, «Lill»ning yirik hisobdagi g‘alabasini ta’minladilar.
«PSJ»ga Fransiya chempionligini rasmiylashtirish uchun bu bahsda durang ham yetarli edi. Tomas Tuxel jamoasi o‘tgan turda ham sovrinni rasman naqd qilishi mumkin bo‘lgan o‘yinda «Strasburg»ni yenga olmagan edi (2:2).
Qayd etish kerak, «Lill» maydonidagi bahsda «PSJ» XXI asrda ilk marta birinchi divizion o‘yinida o‘z darvozasidan beshta to‘p olib chiqdi.
Fransiya chempionati
32-tur, 14 aprel
Lill – PSJ 5:1 (1:1, 4:0)
Gollar: 1:0 – 7, avtogol Mene, 1:1 – 11 Bernat, 2:1 – 51 Pepe, 3:1 – 65 Bamba, 4:1 – 71 Gabriel, 5:1 – 84 Fonte.
Lill – Menyan, Chelik, Fonte, Sumaoro (Gabriel, 45), Kone, Tiago Mendes, Sheka (Sumare, 69), Pepe, Ikone (Ruy Fonte, 66), Bamba, Remi.
PSJ – Areolya, Dagba, Tiago Silva (Kerer, 16), Kimpembe, Mene (Diabi, 24), Paredes, Verratti, Bernat, Dani Alves, Draksler (Kurzava, 85), Mbappe.
Ogohlantirishlar: Tiago Mendes (45), Mbappe (45), Draksler (77), Verratti (81).
Chetlatish: Bernat (36).
Monpele – Tuluza 2:1 (0:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 54 Skiri, 1:1 – 67 Sidibe, 2:1 – 77 Kamara.
Renn – Nitssa 0:0
Sent-Eten – Bordo 3:0 (0:0, 3:0)
Gollar: 1:0 – 56, penalti Xazri, 2:0 – 74 Debyushi, 3:0 – 90 Debyushi.
13 aprel
Marsel – Nim 2:1 (0:0, 2:1)
Monako – Reyms 0:0
Kan – Anjer 0:1 (0:0, 0:1)
Strasbur – Gengam 3:3 (1:1, 2:2)
12 aprel
Dijon – Amen 0:0
Nant – Lion 2:1 (1:1, 1:0) “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi
Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi
Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi
Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi
Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi
Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi
Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi