
Bugun futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi 1/4 finalining dastlabki 2 ta javob o‘yini bo‘lib o‘tadi.
Ernesto Valverde qo‘l ostidagi Kataloniyaning «Barselona» klubi «Kamp Nou»da Ole-Gunnar Sulsher boshliq «Manchester Yunayted» bilan musobaqa yarim finali uchun kurash olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, dastlabki bahsda kataloniyaliklar safarda «qizil iblislar»ni himoyachi Lyuk Shouning avtogoli evaziga mag‘lubiyatga uchratgandi (1:0).
Bugun shuningdek Krishtianu Ronaldu yetakchiligidagi Turinning «Yuventus» klubi o‘z maydonida Amsterdamning «Ayaks» jamoasi bilan musobaqaning navbatdagi bosqich yo‘llanmasi uchun bahsga kirishadi. Ikkala uchrashuv ham Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.
Ma’lumot uchun, «keksa sinyora» chorak finalning ilk bellashuvida niderlandiyaliklar bilan durang o‘ynagandi (1:1). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar