date
views 3 213

Murodjon Ahmadaliyev raqibini 3-raunddayoq nokautga uchratdi (foto)

Murodjon Ahmadaliyev raqibini 3-raunddayoq nokautga uchratdi (foto)
Professional boksning ikkinchi yarim yengil (-55,34 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik Murodjon Ahmadaliyev (6-0, 5 KO) navbatdagi jangini o‘tkazdi, deb xabar beradi GoSport.

AQShning Inglvud shahridagi Forum saroyida bo‘lib o‘tgan boks oqshomida Murodjon Ahmadaliyevga meksikalik sobiq chempion, jahon chempionligi kamari da’vogari Karlos Karlson (23-6, 14 KO) raqiblik qildi.

8 raundga mo‘ljallangan reyting jangida Murodjon to‘liq ustunlik ega bo‘ldi va 3-raund tugashiga 9 soniya qolganida raqibini nokautga uchratishga muvaffaq bo‘ldi. Natijada Ahmadaliyev jahon chempionligi uchun kechadigan jangidan oldin navbatdagi nokautni o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Murodjon Ahmadaliyev raqibini 3-raunddayoq nokautga uchratdi (foto)