date
views 3 144

Murod Rizayev: "Superligada raqobat kuchli emas. Shu bois OChLda muvaffaqiyatsizlikka uchrayapmiz"

Murod Rizayev: "Superligada raqobat kuchli emas. Shu bois OChLda muvaffaqiyatsizlikka uchrayapmiz"
“Sport” telekanalining taniqli sharhlovchisi Murod Rizayev klublarimiz nega Osiyo chempionlar ligasida muvaffaqiyatsizlikka uchrashi, finalga chiqa olmasligi borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Chempion bo‘la olmasligimiz birinchi navbatda o‘zbekistonlik futbolchilarning jismoniy holati bilan bog‘liq deb o‘ylayman. Ikkinchidan, Superligada raqobat ancha kuchli bo‘lishi lozim. 5-6 jamoa chempionlik uchun kurashishish kerak. Boshqa chempionatlarda mana shunday holatni ko‘ramiz. Qolaversa, yaxshi legionerlarni taklif qila olmayapmiz. Bu asosiy jihatlaridan biridir. Legionerlari limiti 3+1 dan unumli foydalanmayapmiz.

Mana, “Shanxay SIPG”ni olaylik. Xalk, Oskar, Elkeson, Odil Ahmedov. Yoki arablarga qarasak, Jovinko qanday gol urmoqda. OChL to‘purarlariga e’tibor bering ro‘yxatda braziliyalik futbolchilarga ko‘zimiz tushadi. Bundan tashqari birgina Xavining o‘zi nimalar qildi. Toshkentda ham, Dohada ham jamoasiga katta yordam berdi. Xullas arab yoki boshqa davlat vakillaridagi mablag‘ jihatdan barqarorligi tufaylikmi ular legionerlar tanlashda adashishmaydi. Aynan xorijlik futbolchilar jamoalarining muvafaqiyatlariga katta hissa qo‘shishmoqda.

“Bunyodkor” Rivaldoni olib kelganida ijobiy ko‘rsatkichlarni qayd etdi. Hozir esa tajribali, mahoratli, iqtidorli legionerlarni jalb qila olmayapmiz. Klublarimizdagi xorijlik o‘yinchilar ishonchni oqlashmayapdi. Boshqa davlat vakillarida aksincha, ularda legionerlar ancha kuchli va klub ham shunga yarasha g‘alaba qozonmoqda.

Yana 2 ta holatni qo‘shimcha qilmoqchiman. Ichki chempionatimizda futbolchilarimiz jiddiy ta’qibga duch kelishmaydi. Jamshid Isanderov va Sherzod A’zamov nima uchun shunday xatoga yo‘l qo‘ydi. Chunki ular Superligada bunday holatlarda raqiblaridan osonlik bilan o‘tib ketishgan.

“Lokomotiv” chempionatimizda OChLdagi kabi bunday tarzda qizil kartochka, alamli gol o‘tkazib yubormaydi. Undan tashqari himoyachilarimiz oddiy vaziyatlarda raqibga to‘pni oldirib qo‘yishmoqda. Qarshisidagi o‘yinchilarning bosimiga chiday olmayapdi. Buni biz “Paxtakor”da ham ko‘rdik. Ochig‘i, “temiryo‘lchilar”ning o‘yini meni hayron qoldirdi.

Hali hammasi oldinda. Ishonamiz, ikkila klubimiz oxirgi o‘yinlarni ko‘tarinki ruhda o‘tkazishadi.
Bekzod Isayev

Manba: Sports.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Murod Rizayev: "Superligada raqobat kuchli emas. Shu bois OChLda muvaffaqiyatsizlikka uchrayapmiz"