Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) professional bokschilarning aprel oyi uchun yangi reytingini e’lon qildi. Unda Shahram G‘iyosov yana kuchli 15 talikka qaytdi. Bu haqda GoSport xabar berdi.
Super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Shahram G‘iyosov (8 ta g‘alaba, 6 ta nokaut) aprel oyi reytingida 14-o‘ringa joylashdi. U fevral oyi uchun chiqarilgan reytingda kuchli 15talikka kiritilmagandi. Shahram aprel oyi so‘ngida amerikalik Emmanuel Teylorni ochkolar hisobida mag‘lubiyatga uchratib, WBA International chempionlik kamarini qo‘lga kiritgandi.
Yangilangan reytingda ikkinchi yarim yengil (-55,34 kg) vazn toifasi vakili Murodjon Ahmadaliyev (6 ta g‘alaba, 5 ta nokaut) 1-o‘rinni boy berdi va bir pog‘ona pastlab 2-o‘ringa joylashdi.
Eslatib o‘tamiz, 26 apreldan boshlab 90 kun davomida Murodjon Ahmadaliyev Daniel Romanga qarshi bir yo‘la ikkita kamar chempionligi uchun jang qiladi.
Shuningdek, reytingda super yarim o‘rta (-69,85 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Isroil Madrimov (2 ta g‘alaba, 2 ta nokaut) bir oy oldingi ko‘rsatkichidan bir pog‘ona pastlab, 7-pog‘onadan joy olgan. Super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida bitta jang o‘tkazgan Shohjahon Ergashev (16 ta g‘alaba, 14 ta nokaut) esa reytingda 4-o‘rinda qolgan.
Reytingda o‘zbekistonlik boshqa sportchilar o‘rin olmagan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi