
Angliya chempionatining 37-turida «Haddersfild Taun» «Manchester Yunayted»ni qabul qildi. Haddersfilddagi «Jon Smit» stadionida kechgan o‘yinda kuchlar teng keldi - 1:1.
O‘yinning 8-daqiqasidayoq hisob ochildi - gol muallifi mehmonlar himoyachisi Skott MakTominay bo‘ldi. 60-daqiqada Isaak Mbenza hisobni tenglashtirdi. Uni bu vaziyatda Yonas Lossl golli pas bilan ta’minladi.
«Manchester Yunayted» bu natijadan keyin 66 ochko bilan Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 6-o‘rinda qoldi va oxirgi turda qanday natijalar qayd etilishidan qat’i nazar kuchli to‘rtlikka kirish imkoniyatini yo‘qotdi. Bu esa manchesterliklar keyingi mavsumda Chempionlar ligasida emas, Yevropa Ligasida ishtirok etishini anglatadi. «Haddersfild Taun» 15 ochko bilan, 20-o‘rinda qolmoqda, jamoa allaqachon APLni tark etib, keyingi mavsumda chempionshipda ishtirok etishi aniq bo‘lgan.
Bu «qizil iblislar» uchun qatorasiga 14-o‘yinda gol o‘tkazilgan o‘yin bo‘ldi. Shu tariqa, jamoa 1970 yilda o‘rnatilgan antirekordni takrorladi. O‘sha mavsumda jamoa barcha turnirlar doirasida qatorasiga 16 o‘yinda jamoasi darvozasi daxlsizligini saqlab qololmagandi.
Oxirgi turda «MYu» «Kardiff Siti» bilan o‘ynaydi. O‘yin 12 may kuni o‘tkaziladi.
Turning yana bir uchrashuvida «Chelsi» «Uotford»ni qabul qilib, 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘yinda hisob 48-daqiqadayoq ochildi. Birinchi golni Ruben Loftus-Chik o‘z hisobiga yozib qo‘ydi, unga Eden Azar assistentlik qildi. Uch daqiqa o‘tib Azar David Luisni golli pas bilan ta’minladi. 75-daqiqada Gonsalo Iguain Pedro Rodrigesning pasidan keyin hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi.
Bu g‘alabadan keyin «Chelsi» ochkolari sonini 71taga yetkazdi va turnir jadvalida «Tottenhem»ni quvib o‘tib (70 ochko) uchinchi o‘ringa ko‘tarildi. Ayni vaqtda 66 ochko bilan beshinchi o‘rinda joylashib turgan «Arsenal» 37-tur o‘yinini bugun «Brayton»ga qarshi o‘tkazadi. Endilikda YeChL uchun ikki yo‘llanma uchun London klublari o‘rtasida raqobat kechadi. «Uotford» 50 ochkosi bilan 10-o‘rinda qolmoqda.

Oxirgi turni «Chelsi» «Lester Siti»ga qarshi safarda o‘tkazadi. «Uotford»ni «Vest Hem Yunayted»ga qarshi uy o‘yini kutmoqda. Ikki o‘yin ham 12 may kuniga belgilangan.
Haddersfild – Manchester Yunayted 1:1 (0:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 8 Maktomini, 1:1 – 60 Mbenza.
Haddersfild – Lessl, Kongolo, Durm (Smit, 46), Shindler, Leve, Muy, Bakuna, Pritchard, Xogg, Mbenza (Diakabi, 90), Grant.
Manchester Yunayted – De Xea, Shou, Lindelef (Diogu Dalot, 83), Jons, Yang, Pogba, Matich (Errera, 53), Mata, Maktomini, Sanches (Chong, 54), Reshford.
Ogohlantirishlar: Jons (33), Lessl (90).
Chelsi – Uotford 3:0 (0:0, 3:0)
Gollar: 1:0 – 48 Loftus-Chik, 2:0 – 51 David Luiz, 3:0 – 75 Iguain.
Chelsi – Arrisabalaga, Kristensen, Aspilikueta, Alonso, David Luiz (Keyxill, 89), Jorjino, Kante (Loftus-Chik, 10), Pedro, Kovachich, Azar, Iguain (Jiru, 79).
Uotford – Foster, Ketkart, Mariappa, Femeniya, Xolebas, Chaloba (Kleverli, 67), Dukure, Pereyra, Xyuz, Deulofeu (Saksess, 83), Dini (Grey, 83).
Ogohlantirish: Dukure (90).
Manba: Kun.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar