
"Paxtakor" - AGMK (4:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida Shota Arveladze o‘z fikrlarini bildirdi.
"Osiyo chempionlar ligasidagi "Al Ahli"ga qarshi salbiy natijadan keyin ruhan qiyin edi. Biz OChLga albatta qaytamiz, ammo bu vaqt masalasi. Birinchi taymda omadimiz keldi.
To‘rt kundan so‘ng biz Liga Kubogi doirasida o‘ynaymiz. Ko‘plab futbolchilarimiz terma jamoaga ketishadi, shu bois yoshlarni sinab ko‘rdik.
Javohir Sidiqov taxminan 6 oyga safdan chiqdi. Afsuski u mavsum oxirida maydonga tushishi mumkin xolos. Hamdamov ham ikki haftaga safdan chiqdi. Undan oldinroq Sadriddin Abdullayev ham operatsiya qilingandi.
Jahongir Ahmadov U-21 birinchiligida qizil kartochka oldi va 3 ta o‘yinni o‘tkazib yuboradi. O‘ng qanotdagi Sayfiyevning harakatlarini kuzatish qiziq bo‘ldi", - deydi Shota Arveladze. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.