Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar ligasining 2018/2019 yilgi mavsumi final uchrashuvi 1 iyun, shanba kuni Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanadi. G‘oliblik uchun Angliyaning «Liverpul» va «Tottenhem» jamoalari o‘zaro kurash olib boradi.
Final oldidan Repost nashri o‘zbekistonlik amaldorlar o‘rtasida so‘rov o‘tkazdi. Unda, jumladan, O‘zbekiston bosh prokurori Otabek Murodov, Yoshlar Ittifoqi raisi Qahramon Quronboyev, AKT vaziri birinchi o‘rinbosari Olimjon Umarov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev ham qatnashgan.
Otabek Murodov, bosh prokuror: «Futbolni juda yaxshi ko‘raman, lekin musobaqani kuzatib borishga amalda imkon bo‘lmayapti. Shanba kuni bo‘ladigan o‘yinni ko‘rishga harakat qilaman, albatta. ‘Liverpul’ga muxlislik qilaman, chunki bu katta tajriba va nufuzga ega kuchli jamoa».
Qahramon Quronboyev, Yoshlar Ittifoqi raisi: «Mening taxminim — ‘Liverpul’ 3:1 hisobida g‘alaba qozonadi. Agar o‘yin kuni Toshkentda bo‘lsam, finalni albatta tomosha qilaman».
Rasul Kusherbayev, deputat: «‘Liverpul’ga muxlislik qilaman. Ko‘p yillardan beri ushbu jamoa o‘yinlarini kuzatib kelaman. Klubning barcha futbolchilari orasida Muhammad Salohni eng yaxshisi, deb hisoblayman».
Olimjon Umarov, AKT vaziri birinchi o‘rinbosari: «15 yoshimdan beri ‘Liverpul’ga muxlislik qilaman, shu bois finalda ham aynan ularga muxlislik qilaman». “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi