11:03 / 02.06.2019
2 366

Yurgen Klopp: “G‘alabadan rohatlanmoqchiman”

Yurgen Klopp: “G‘alabadan rohatlanmoqchiman”
“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp YeChL finalida “Tottenhem” ustidan (2:0) qozonilgan g‘alabadan keyin bahs haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Jamoamga oson emasdi – biz salkam uch hafta o‘yin amaliyotsiz qolib ketgandik. Finalda eng muhimi natija. Yigitlar hech bir sohada raqibga imkon berishmadi. Aynan shu jihat finalda muhim edi. Alisson bir nechta ajoyib “seyv”larni amalga oshirdi. Ko‘p gapirmoqchi emasman, chunki biz g‘alaba qozondik. Shunchaki bu yutuqdan rohatlanmoqchiman.

Ehtiroslar avjiga chiqqan kecha bo‘ldi, ammo men buni juda bosiqlik bilan qabul qildim. Men uchun kubokni qo‘lga kiritish u qadar muhim emasdi. Menga yigitlarning aynan shu sovrin uchun jon jahdlari bilan kurashayotganlari yoqdi. Liverpulga ana shunday yuqori “nota”da borish va u yerda muxlislar bilan bayram qilishimiz men uchun qiziqroq. Ushbu lahzalarni intiqlik bilan kutayapman” deya Kloppning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda UYeFA matbuot xizmati.

“Liverpul” 1 iyun oqshomida oltinchi YeChL g‘olibligiga erishdi. Final bahsida “qizillar”ga g‘alaba keltirgan gollarga Muhammad Saloh va Divok Origi mualliflik qilishdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yurgen Klopp: “G‘alabadan rohatlanmoqchiman”