
Xabaringiz bor, bugun Toshkent vaqti bilan tongda hamyurtimiz Isroil Madrimov AQShda o‘zining profi boksdagi uchinchi jangini o‘tkazdi.
Mahoratli sportchimiz meksikalik Norberto Gonsalesni 6-raundda texnik nokautga uchratishga erishdi. Jangdan so‘ng Isroilning fikrlari bilan qiziqdik.
"Shukrki, barchasi biz o‘ylaganday kechdi. Jangni 5-6-raundlarda tugatishni rejalashtirgan edik. Chunki, raqib kuchli bokschilar bilan kuch sinashganiga qaramay, deyarli hech kim uni ringga qulata olmagan edi. 8, 10, 12 raundlik janglar o‘tkazgan va bardoshli edi.
Taktikalarni shunga qarab tuzib chiqqan edik va barchasi o‘xshadi. Keyingi raqiblar endi ma’lum bo‘ladi", - dedi Madrimov.
Isroil MadrimovNorberto GonsalesProfi BoksTexnik NokautJang FikrlariTaktikalar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar