Xabaringiz bor kecha Andijonda O‘zbekiston hamda Misr olimpiya terma jamoalari o‘rtasida xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvdan keyin matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Shavqiy G‘arib jurnalistlar savollariga javob qaytardi.
- Dastlab uchrashuv haqidagi fikrlaringiz bilan o‘rtoqlashsangiz?
- Biz bugungi uchrashuvdan juda xursandmiz. Ushbu o‘yinni o‘tkazish uchun tayyorgarlik ham boshqacha ko‘rilgan. Stadionga to‘plangan minglab muxlislarning ajoyib muhitni yaratishganidan qoyil qoldim. Ayniqsa, ular nafaqat O‘zbekiston, balki Misr terma jamoasiga ham hurmat ko‘rsatishdi. Ularning bunday yuksak madaniyatini qadrlaymiz. O‘yindan keyin esa bizga tashkilotchilar ajoyib sovg‘alarni berishgani uchun minnatdorchilik bildiramiz. Ikkala taymlarda ham jamoalar yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi. To‘g‘ri, biz 2:0 hisobida yutqazdik. Ammo muxlislar chiroyli o‘yinga guvoh bo‘lishdi. Biz bundan keyin ham O‘zbekistonga qarshi o‘ynashga tayyormiz.
- O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi sizda qanday taassurot qoldirdi? O‘yingacha qanday fikrda edingiz va endi fikringiz o‘zgardimi?
- Bungacha ham O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi haqida iliq fikrda edim va hozir ham. Ayniqsa, bugungi uchrashuvda raqib jamoaning darvozaboni ajoyib o‘yin namoyish etdi. Bir so‘z bilan aytganda, O‘zbekiston terma jamoasiga qoyil qoldim. Biz yaxshi bilamizki, bu jamoa Osiyo chempioni bo‘lgan. Shunday ekan, bunday jamoa haqida faqat iliq fikrlarni aytishim mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi