Habib eng yaxshi jangchi bo‘lish uchun kimlarni mag‘lub etishi kerakligini aytdi

Foto: Google Images
UFC chempioni Habib Nurmagomedov Dastin Pore bilan kechadigan jang oldidan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Toni Fergyuson hamda Jorj Sen-Per bilan jang qilishga qarshi emasligini ma’lum qildi. Bu haqda «Sport-Ekspress»ga tayanib Daryo xabar berdi.
«Sen-Per? U qaytadimi yoki yo‘qmi, bilmadim. Lekin bu men yozayotgan tarixda muhim voqelik bo‘lar edi. Men Dastin, Toni Fergyuson va Jorj Sen-Perni yutishim shart. Shundagina har qanday vazn toifasidan qat’i nazar birinchi raqamli bo‘laman» — dedi Habib.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning fevral oyida Sen-Per faoliyatini tugatganligi haqida ma’lum qilgandi.
Ma’lumot uchun, Habib Nurmagomedov 7 sentyabr kuni Dastin Porega qarshi oktagonga ko‘tariladi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!UFC chempioni Habib Nurmagomedov Dastin Pore bilan kechadigan jang oldidan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Toni Fergyuson hamda Jorj Sen-Per bilan jang qilishga qarshi emasligini ma’lum qildi. Bu haqda «Sport-Ekspress»ga tayanib Daryo xabar berdi.
«Sen-Per? U qaytadimi yoki yo‘qmi, bilmadim. Lekin bu men yozayotgan tarixda muhim voqelik bo‘lar edi. Men Dastin, Toni Fergyuson va Jorj Sen-Perni yutishim shart. Shundagina har qanday vazn toifasidan qat’i nazar birinchi raqamli bo‘laman» — dedi Habib.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning fevral oyida Sen-Per faoliyatini tugatganligi haqida ma’lum qilgandi.
Ma’lumot uchun, Habib Nurmagomedov 7 sentyabr kuni Dastin Porega qarshi oktagonga ko‘tariladi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…