Gvardiola Messini sotib olsa, «Manchester Siti»ning taklifini qabul qilishini bildirdi

Ispaniyalik murabbiy «Manchester Siti» jamoasini boshqarishga tayyorligini, buning uchun inglizlar jamoasi «Barselona»dan Lionel Messini sotib olishi kerak bo‘lishini aytib o‘tdi. Bu haqda Daily Express nashri'ga asoslanib Kun.uz xabar berdi.
Nashrning yozishicha, Gvardiola o‘zining argentinalik sobiq shogirdi bilan yana birga ishlamoqchi. U Messini «Manchester Siti» jamoasini yangi bosqichga olib chiqishi mumkin bo‘lgan futbolchi sifatida baholagan. Ayni vaqtda hech «Bavariya» bosh murabbiyi hisoblanadigan, mavsum yakunida Germaniyadan ketishini aniq qilgan ushbu murabbiy Messini xarid qilishsa, «shaharliklar» bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirgan.
Ayni vaqtda Gvardiolaning xizmatlariga «Manchester Siti» jamoasidan tashqari «Chelsi» va «Manchester Yunayted» jamoalari qiziqish bildirishgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing