
Biroz avval Mauritsio Sarrining "Yuventus" bosh murabbiyi sifatidagi dastlabki matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Unda jurnalistlardan biri mutaxassisga o‘yin paytida kostyum kiyasizmi mazmunida savol bilan murojaat qildi. Sarri esa quyidagicha javob qaytardi:
- Klub bilan gaplashaman, buni hali muhokama qilmadik. Shaxsan o‘zim o‘yin kuni galstuk va kostyum kiyishni mo‘ljallamayapman. Eng muhimi - yalong‘och bo‘lmasligim.
Eslatib o‘tamiz, "Keksa sinoralar"ning sobiq ustozi Massimiliano Allegri o‘yinlar kuni doim galstuk va kostyum kiyardi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar