2 625
Ravshan Ermatov: «O‘zbek futbolidagi hakamlar orasida haydovchilik qiladigan va zavodda ishlaydiganlari ham bor»
O‘FA vitse-prezidenti Ravshan Ermatov ushbu lavozimdagi ilk matbuot anjumanida o‘zbek futbolidagi hakamlik muammosiga to‘xtalib o‘tdi, deb xabar bermoqda Tribuna.uz nashri.
«Ochig‘ini aytishimiz kerak, hakamlik – futbolimizning eng og‘riqli nuqtalaridan. Bu yo‘nalish ancha islohotlarga muhtoj.
Biz bir necha yildan beri professional futbolni havaskor hakamlik bilan qurib bo‘lmasligini aytib kelamiz. Chunki futbolni professional darajaga olib chiqyapmiz, lekin havaskor hakamlar kelib, futbolning saviyasiga mos bo‘lmasdan, futbolni buzib qo‘yyapti. Futbolning saviyasiga hakamning saviyasi to‘g‘ri kelmayapti.
Shunday bo‘lyapti-da. Futbolchilar va murabbiylar professional bo‘lib, ular har kuni mashg‘ulot o‘tkazib, har kuni futbol ichida o‘tsa-yu, hakamlardan esa... Ularning orasida haydovchilari ham bor, zavod-fabrikada ishlaydiganlari ham bor. Muntazam ravishda futbol bilan shug‘ullanib, mashg‘ulotlarni doimiy tarzda olib boradigan hakamlarimiz juda ham kam. Bu haqda to‘g‘risini aytishimiz kerak.
Shuning uchun bosqichma-bosqich hakamlarni ham havaskorlikdan professionallikka olib o‘tishga harakat qilishimiz kerak. Hakamlardan yuqori sifatni talab qilishdan oldin, ularga ham sharoit yaratib berishimiz kerak. Malakasini, mahoratini oshirishiga kerakli sharoitlarni yaratib berganimizdan keyin ulardan ham yuz emas, kerak bo‘lsa ikki yuz foiz talab qilishga haqqimiz bo‘ladi.
Bu yo‘nalishda ham natijalarni yaxshilash uchun hakamlarni FIFA va OFK standartlari asosida bosqichma-bosqich yangi saviyaga ko‘tarish bo‘yicha tizimlarni o‘rganib chiqyapmiz. Bu ishlarni ham, xudo xohlasa, yaqin kelajakda amalga oshiramiz. Ishlar boshlangan, lekin tizimli emas», – dedi Ravshan Ermatov. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi