O‘FA vitse-prezidenti Ravshan Ermatov mazkur lavozimni egallagani munosabati bilan hakamlik faoliyatida vaqtinchalik tanaffus olgan. Taniqli FIFA referisi bu haqda 29 iyun kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Tribuna.uz nashri.
«Avvaliga men ham shunday o‘ylagandim. Lekin futbolning ichiga kirib, undagi muammolarni ko‘rganimda yaqin vaqt ichida bunday imkoniyatim yo‘qligini tushunib yetyapman. Chunki ish haqiqatan ham ko‘p. Agar borimizni berib ishlamasak, undagi natija o‘z-o‘zidan pastga tushib ketadi.
Bir vaqtning o‘zida ikkita quyonning ketidan yugursangiz, natija bo‘lmaydi. Shuning uchun hozir bor e’tiborimizni aytayotgan gaplarimizni amalga oshirib, futbolni to‘g‘ri yo‘lga tushirib olishga qaratishimiz kerak. Va undan keyin bu [hakamlik] qochib ketmas.
Endi hozir prioritetlar o‘zgargan. Hozir futboldagi tashkiliy ishlar bilan shug‘ullanish bosh prioritet bo‘lib turibdi. Hakamlikni hozircha pauzaga qo‘ydik.
Yaqin uch oyda belgilangan xalqaro o‘yinlarim bor edi, Xitoy va Saudiya Arabistoni chempionatlarida ishlash bo‘yicha kelishuvlarimiz bor. Bu kelishuvlarni ham uch oyga to‘xtatib turibmiz. Ularga to‘g‘ri tushuntirdim, to‘g‘ri tushunishdi. Chunki o‘zbek futbolining manfaati uchun hozir shunday qilmasak, ertaga o‘zimizni o‘zimiz kechira olmaymiz.
Hakamlikda muvaffaqiyatlarga erishishimda, avvalo, ona vatanim va o‘zbek futboli oldida qarzim juda katta. Ana shu qarzni uzadigan vaqt kelgandir balki. Borimni berib, bor tajribamni ishga solib, vaqtimni shunga ajratadigan payt kelgandir.
Menga xalqaro hakamlik faoliyatimni davom ettirish imkoniyati berildi. Lekin vaqt yo‘q. Kechasi soat 12-1da ham assotsiatsiyada o‘tirgan paytlarimiz bo‘lyapti. Bir ishga qo‘l urdikmi, bizning yondashishimiz shunday, borimizni berib ishlashimiz kerak», – dedi Ravshan Ermatov. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi