Uendell Liraning goli «Yil goli» deb topildi

Syurixda bo‘lib o‘tgan yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimida «Oltin to‘p» o‘z sohibiga topshirilishidan oldin o‘tgan yilning eng chiroyli goli aniqlandi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.
So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, Braziliyaning «Goyanesia» futbol klubi sobiq hujumchisi Uendell Liraning Braziliya chempionati doirasida «Atletiko-GO» darvozasiga urgan goli «Yil goli» sifatida e’lon qilindi.
G‘olibga FIFA tomonidan Ferens Pushkash mukofoti topshirildi.
Uendell Lira mazkur golni 2015 yilning 11 mart kunida o‘tgan uchrashuvda qaychi uslubida raqib darvozasiga yo‘llagan.
Eslatib o‘tamiz, «Yilning eng yaxshi goli» maqomiga Liraning golidan tashqari, Lionel Messining «Atletik Bilbao» darvozasiga va Rimning «Roma» klubi vakili Alessandro Florensining «Barselona» darvozasiga urgan gollari ham da’vogarlik qilgandi.
Bu gollarga ovoz berish jarayonida 1,6 million nafardan ortiq muxlis ishtirok etgan. Ularning 46,7 foizi Liraning goli uchun, 33,3 foizi Messining, 7,1 foizi Florensining goli uchun ovoz bergan.
Lionel Messining «Atletik Bilbao»ga urgan goli
Alessandro Florensining «Barselona»ga urgan goli
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing