
Superog‘ir vaznda sobiq jahon chempioni Entoni Joshuaga tegishli bo‘lgan “258 Management” promouterlik kompaniyasi Somali davlatining birinchi ayol bokschisi Ramla Ali bilan shartnoma imzoladi.
Ramla Alining otasi Londondagi masjidlarning birida imomlik qiladi.
Shu sababli bokschi qiz 7 yil davomida boks bilan shug‘ullanayotganini oila a’zolaridan yaxshirib yurgan. Hattoki, Ramla Buyuk Britaniya chempionatida g‘alaba qozongan birinchi muslima bo‘lganini ham oilasidan yashirgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar