O‘zbekiston milliy terma jamoasi jahon miqiyosidagi musobaqalarda yurtimiz futbolining yuzi hisoblanadi. Shuningdek, terma jamoani – xalq jamoasi ham deyishadi. Shunday ekan, terma jamoamiz faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday jarayonlardan xalqimiz xabardor bo‘lishi, imkon qadar ishtirok etishi zarur deb bilamiz.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi terma jamoalarimiz va muxlislar o‘rtasidagi munosabatlarni yangi darajaga olib chiqish borasida bir qator loyihalar ustida ish olib bormoqda. Ulardan biri, terma jamoalarimiz formasining yangi dizayni borasidagi tanlovdir. Endi har bir muxlis futbolchilarimiz formasi dizayni borasida o‘z takliflarini bildirishi mumkin.
Yangi forma dizaynini ishlab chiqib, O‘FAning elektron pochtasiga yuborishingiz mumkin. Eng yaxshi deb topilgan ishlar maxsus sovrinlar bilan taqdirlanadi. Xususan, mutaxassislar tomonidan ma’qul topilgan uchta eng yaxshi dizayn uchun mualliflarning har biriga terma jamoamiz yulduzlarining dastxatlari tushirilgan original futbol to‘plari sovg‘a qilinadi. O‘z ishlaringizni [email protected] elektron pochtasiga yuborishingiz mumkin.
O‘zbekiston terma jamoasining xalqaro maydondagi imidjini barchamiz birgalikda shakllantiramiz! “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi
Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi
Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi
Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi