2 612
Vadim Abramov: “Terma jamoani mundialga olib chiqaman deb o‘z “Mersedes”imdan garov o‘ynagandim”
O‘zbekiston terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi, bugungi kunda “Bunyodkor”ni boshqarayotgan Vadim Abramov "Orzu" loyihasi mehmoni bo‘lgan edi. Ko‘pchilik Abramovning murabbiylik faoliyati borasida to‘liq ma’lumotga ega emas. Shu bois ham Vadim Karlenovichning faoliyatining boshlanishi, orzusi va 2011 yilgi Osiyo Kubogi haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.
- Yoshlikda kim bo‘lishni orzu qilgansiz?
- Yoshligimda dastlab haydovchi bo‘lishni orzu qilardim. Sal katta bo‘lganimda, futbol o‘ynashni boshlaganimda barcha orzularim futbol bilan bog‘liq bo‘lgan. Yuqori ligada o‘ynashni istardim, o‘smirlar terma jamoasida o‘ynaganman. Armiyaga borib kelganimdan keyin ham futbol o‘ynardim. 25 yoshga to‘lganimda Sobiq Ittifoq terma jamoasida o‘ynay olmasligimni bilib futbol o‘ynashni to‘xtatdim. Sekin-asta murabbiylik faoliyatimni boshlaganman. Orzuga yetishish uchun mashaqqatli mehnat qilish lozim. Shaxsan menda shunday balki boshqalarda bunday emasdir.
Menga dam olish yoqmaydi, doim ishlashni istayman. O‘zim sevgan kasbda ishlayapman. Ko‘pchilik ham bunga erisha olmaydi. Menimcha senga quvonch bag‘ishlaydigan ishga borish baxt demakdir.
- Murabbiylik faoliyatingiz qanday boshlangan?
- Har bir askar general bo‘lishni istaydi. Shu bois istalgan murabbiy har bir o‘yinda g‘alaba qozonishni istaydi. Afsuski bu doim ham amalga oshavermaydi. Terma jamoa murabbiyi bo‘lishni orzu qilmaganman. Xatto murabbiy bo‘lishni ham orzu qilmaganman. 90 yillarda kim nima qilishni bilmay yurganida barcha biznes bilan shug‘ullanardi. Men shular qatorida tadbirkor bo‘lganman. Murabbiylikka tasodifan o‘tganman.
Dastlab "NBU-Osiyo" klubini tashkil qilganman, biroq klub o‘z oldiga yuqori ligaga chiqish maqsadini qo‘ymagani uchun mening qiziqishim yo‘qoldi va klubdan ketdim. Yana ma’lum muddat tadbirkorlik bilan shug‘ullandim. Katta o‘g‘lim "Traktor" klubida shug‘ullanardi. O‘zimning oldingi tajribamdan kelib chiqib murabbiylarga yordam berardim. O‘g‘lim 15 yoshga to‘lganida o‘sha guruhda bepul murabbiylik qila boshladim. 1987 yilda tug‘ilgan futbolchilar keyinchalik 8 nafar o‘yinchi O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasida o‘ynashdi. Popenko, Afonin... va boshqalar.
Qarasam murabbiylik faoliyatim yaxshi ketmoqda. Keyinroq "Traktor" klubini boshqarish taklifi tushdi. Jamoa so‘nggi o‘rinlarda boraradi, yordam berishimni so‘rashdi. O‘sha mavsum klubni oliy ligada olib qolishga erishdik. Keyingi yil esa ancha yaxshi o‘ynadik chempionatda 5-o‘rinni egalladik hamda O‘zbekiston Kubogi finalida o‘ynadik. Shu tariqa murabbiylik menga kasbi yoqib qoldi va hamon ishlab kelayapman.
- So‘nggi o‘rinlarda yurgan klubni qabul qilishdan oldin qo‘rquv bo‘lmaganmi?
- Ko‘pchilik o‘shanda "Traktor" ligada qolishiga ishonmagandi, menda esa ishonch bor edi. Hech qanday qo‘rquv yo‘q edi. Birinchi davradan keyin ko‘plab futbolchilar boshqa klubga o‘tishni istagandi. O‘shanda yordamchim Marat Miftaxutdinov kimda boshqa jamoadan taklif bo‘lsa bemalol ketishi mumkin deb e’lon qilgandi. Futbolchilar esa xayron bo‘lib kimlar bilan o‘ynamoqchisizlar deyishgandi. Biz "ko‘chadan" yigitlarni topib ular bilan ligada qolishni uddalagandik. Ularni hech kim tanimasdi. "Traktor" yaxshi jamoa edi. Har yili futbolchilar boshqa klubga o‘tishardi va yana qaytib kelishardi (kuladi).
- Shu o‘rinda 2011 yilgi Osiyo Kubogini eslamay ilojimiz yo‘q.
- Albatta, 2011 yilgi Osiyo Kubogi faoliyatimda alohida sahifa. Bunga qadar men O‘zbekiston olimpiya terma jamoasida ishlaganman. O‘sha tarkibdagi ko‘plab futbolchilar keyinchalik milliy terma jamoaning yetakchilariga aylanishgandi. Qatardagi Osiyo Kubogida 90 foiz futbolchi men bilan birga olimpiya terma jamoasida ham ishlagandi. O‘sha musobaqaga ketishdan oldin men Osiyo Kubogini qo‘lga kiritish uchun ketayapmiz deb aytgandim. Ko‘pchilik bunga ishonmagandi. Biroq yaxshi ishtirok etishimizga negadir ishonch bor edi. To‘g‘risi birinchi marta O‘zbekiston olimpiya terma jamoasini menga topshirishganida biroz ikkilanish bo‘lgan. Ammo ertasi kuni ishonch paydo bo‘lgan.
Bilasizmi, 90 yillarda men tadbirkor bo‘lib ishlagan paytlarda O‘zbekiston terma jamoasiga yordam berardim. To‘g‘ri hech qayerda ro‘yxatda bo‘lmaganman, ammo safarlarga borardim, moliyaviy jihatdan yordam berardim, homiylarni topib berardim. O‘shanda terma jamoa tarkibiga qarab turib "agar menga milliy terma jamoani topshirsangiz Jahon chempionatiga olib chiqaman, agar buni uddalay olmasam "Mersedes" rusumli mashinam sizlarga" degandim. Ammo o‘shanda hech kim menga ishonmagandi, oradan 15 yil o‘tib baribir terma jamoa bosh murabbiyiga aylandim. Bu taqdir bo‘lsa kerak.
- Osiyo Kubogidagi ajoyib ishtirokning zamirida nima yotardi?
- Qatar bilan ochilish o‘yini eng muhimi edi. O‘rtada murabbiylik faoliyatim turardi. Hissiyotlar kuchli edi. Men o‘zimdan ko‘ra yigitlar haqida ko‘proq qayg‘urardim. Ularga ishonardim. Sababi Osiyo Kubogi boshlanishiga bir oy qolganida hech kimga yutqazmay kelayotgandik. Osiyo Kubogida omadimiz keldi deganlarga qo‘shilmayman, bizda o‘yin bor edi. Ha omadimiz kelmagandi, Osiyo Kubogini yuta olmagandik, shunda omadimiz kelmagandi. O‘shanda musobaqada chempion bo‘lish uchun eng yaxshi imkoniyatga ega edik.
- Ayni paytda “Bunyodkor” bosh murabbiyisiz. Klubni qabul qilishdan avval o‘z oldingizga qanday vazifalar qo‘ydingiz?
- "Bunyodkor" klub o‘z an’analariga ega. Bungacha ushbu jamoada Skolari, Ziko kabi jahon darajasidagi murabbiylar ishlashgan. Bu esa muxlislar oldida o‘ziga xos mas’uliyat yuklaydi. Ushbu klubda yaratilgan sharoitlar hech bir klubda yo‘q. "Bunyodkor"dan kuchli tarbiyalanuvchilar yetishib chiqqan, mening vazifam ularni yanada ko‘paytirish. Klub O‘zbekiston sharafini xalqaro arenada himoya qilishga haqli. "Bunyodkor"ni Osiyo chempionlar ligasiga qaytarish uchun bor kuchim bilan harakat qilaman.
Har bir o‘yindan so‘ng futbolchilarga bu bahs tarixga aylandi deb aytaman. Sen bugun Jahon chempioni bo‘lding, demak sening raqiblaring soni yanada ko‘paydi. Mehnat qilmasang hech qachon cho‘qqida qololmaysan. Har kuni sen kuchli ekanligingni isbotlashing kerak.
Manba: championat.asia “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi