20:09 / 26.07.2019
1 837

Ibragimovich: "Qachon sen eng zo‘r bo‘lganingda, doimo seni ovlashadi"

Ibragimovich: "Qachon sen eng zo‘r bo‘lganingda, doimo seni ovlashadi"
"Los-Anjeles Gelaksi" klubi forvardi Zlatan Ibragimovich "Los-Anjeles"ga qarshi derbi o‘yindagi vaziyat haqida fikr bildirdi.
Uchrashuvda Zlatan raqib futbolchisi Mohammed Munirni yuz suyagini sindirgan edi. Havodagi to‘p uchun kurashda xujumchi tirsagi bilan raqibiga zarba bergan.

"Men odatdagi kabi sakradim. Bu yigitchani ataylab xafa qilish yoki jarohat yetkazish niyatim yo‘q edi. Muammo shundaki, meni barchadan bo‘yim balandroq, shuning uchun qachon men sakraganimda, chekkadan bu boshqacha ko‘rinadi.

Xar safar to‘p uchun kurashga kirishganimda, raqiblarim doimo xayajonlanishadi, yiqilib olishni boshlashadi. Bu kulguli holat.

Meni doimo ovlashayotganini xis qilaman. Biroq, qachon sen eng zo‘r bo‘lsang, doimo seni ovlashadi.
Menga yoqmagan narsa, mag‘ubiyatdan keyingi shikoyatlar. Biz bu darajada to‘xtab qolmaymiz. Mag‘lubiyat, mag‘lubiyat, xech narsa qila olmaysiz, faqat yurakdan ishlashingiz kerak.

Mag‘lubiyatdan keyin baxonalar qidirish jonga tegdi... Bu nima axvol? Qachon-ki mag‘lub bo‘lsangiz, siz maydonda ro‘y bermagan vaziyatlar bilan shug‘ullana boshlaysiz," - dedi Ibragimovich.

Ma’lumot uchun MLS 37 yoshli forvardni diskvalifikatsiya qilmadi.

Shvetsiyalik xujumchi bilan to‘qnashuvda jarohat olgan Munir operatsiya qilindi va 1 oyga safdan chiqdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ibragimovich: "Qachon sen eng zo‘r bo‘lganingda, doimo seni ovlashadi"