
Bugun, 27 iyul kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 14-turi doirasida 4 ta bellashuv bo‘lib o‘tadi.
Ro‘ziqul Berdiyev qo‘l ostidagi Qarshining «Nasaf» klubi Termizda «Surxon» bilan bahsga kirishadi. Ma’lumot uchun, qarshiliklar avvalgi turda «Surxon» darvozasiga javobsiz 2 ta to‘p kiritgandi (2:0).
Vadim Abramov boshliq Toshkentning «Bunyodkor» klubi Samarqandning «Dinamo» jamoasi maydoniga safar qiladi. Ikkala uchrashuv ham soat 18:00 da boshlanadi.
Qayd etish joiz, «qaldirg‘ochlar» 13-turda samarqandliklardan 2:1 hisobida ustun kelgandi.
Shu kuni «Buxoro» jamoasi «Andijon» mehmoni bo‘ladi. Eslatib o‘tamiz, Buxoro klubi «Andijon»ni Behruz Shodmonovning goli evaziga mag‘lub etgandi (1:0).
Mirjalol Qosimov boshqaruvidagi Olmaliqning OKMK klubi safarda Bekobodning «Metallurg» jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Ta’kidlash lozim, 13-turdan o‘rin olgan OKMK—«Metallurg» bahsida g‘olib nomi aniqlanmagandi (1:1).
Bugun bo‘lib o‘tadigan o‘yinlarning boshlanish vaqtlari:
1. «Surxon»—«Nasaf» 18:00
2. «Dinamo»—«Bunyodkor» 18:00
3. «Andijon»—«Buxoro» 20:00
4. «Metallurg»—OKMK 20:00 “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar