
Turinning “Yuventus” klubi forvardi Krishtianu Ronaldu Ispaniyaga uchib keldi.
Gap shundaki, 34 yoshli portugaliyalik futbolchi Marca nashri tomonidan “Afsona” mukofotiga sazovor bo‘ldi. E’tiborlisi, ushbu tantanali marosiimda “Real” prezidenti Florentino Peres ham ishtirok etdi.
Ta’kidlash kerakki, ushbu sovrin Ronalduning faoliyati davomida futbolda ko‘rsatgan buyuk natijalari belgisi sifatida taqdim etildi.
Bu mukofot 1997 yildan buyon tassis etib kelinadi. Bungacha ushbu mukofotga Lionel Messi, Diyego Maradona, Maykl Felps, Mixael Shumaxer va Maykl Jordan kabi mashhur sportchilar sazovor bo‘lishgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar