
Professional boksning ikkinchi yarim yengil (-55,34 kg) vazn toifasi vakili o‘zbekistonlik Murodjon Ahmadaliyev (6 ta g‘alaba, 5 ta nokaut) 13 sentyabr kuni AQShning Nyu-York shahrida ikki yo‘nalish chempioni bo‘lib turgan Daniel Romanga qarshi chempionlik jangida ishtirok etadi. Bu haqda Olamsport xabar qildi.

Foto: Instagram/Murodjon Ahmadaliyev
Ta’kidlash joiz, bir muddat avval ushbu jang huquqiga egalik qilish bo‘yicha promouterlar o‘rtasida o‘tkazilgan savdoda Murodjon Ahmadaliyevning ishini yurituvchi «Mir Boksa» kompaniyasi g‘olib chiqqandi.
Ma’lum bo‘lishicha, Andrey Ryabinskiyga tegishli kompaniya oldida jangni o‘tkazish uchun uchta shahar varianti mavjud edi. Ular — Los-Anjeles (19 sentyabr), Toshkent (21 sentyabr) va Sankt-Peterburg (28 sentyabr). Lekin yakunda chempionlik jangi uchun 13 sentyabr sanasi va Nyu-York shahri tanlangan.
Bu haqda bokschining o‘zi esa quyidagilarni ma’lum qilgan:
Jang sanasi ham aniq bo‘ldi. 13 sentyabr kuni Nyu-Yorkda ikkita chempionlik kamari uchun jang o‘tkaziladi. Ushbu jangning Toshkentda o‘tkazilishini juda ham istagandik. Lekin yakunda Nyu-York varianti ma’qullandi. Mayli, eng muhimi men chempionlik jangida ringga chiqaman.
Murodjon AhmadaliyevProfessional BoksChempionlik JangiNyu-YorkDaniel RomangaMir Boksa O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar