
UFC jangchisi Ben Askren keyingi jangini Demian Mayyaga qarshi oʻtkazadi.
Bu haqida Askren oʻz “Instagram” sahifasida maʼlum qildi.
“Ish bitdi! 26-oktyabr kuni biz yer yuzidagi eng kuchli kurashchi kimligni aniqlab olamiz,” - deb yozdi Askren.
Ben Askren va Demian Mayya qarama-qarshiligi UFC Fight Night 162 turnirida, 26-oktyabr kuni Singapurda boʻlib oʻtadi.
Eslatib oʻtamiz, Askren soʻnggi jangida Xorxe Masvidal bilan toʻqnashgan va 5 soniyada nokautga uchrab, UFC tarixiga eng tez nokaut sifatida kirdi. Bu uning faoliyatidagi dastlabki magʻlubiyat edi. Uning hisobida 19 gʻalaba va bitta magʻlubiyat bor.
Demian Mayya oktagonda 27 ta gʻalaba erishgan va 9 bor yengilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar