

5-tur doirasida kechgan o‘yinning birinchi bo‘limida mezbonlar hujumchisi Nikola Grobovich sportga xos harakatlari bilan hisobni ochdi.
Bo‘lim oxirida «Bachki» futbolchilaridan biri jarohat olib, gazonga yiqildi, ammo «Metalats» futbolchilari to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishmadi va to‘p maydonning ikkinchi qismiga yetkazildi. Raqib himoyachilari qarshiligisiz to‘pga ega chiqqan Grobovich darvozabon bilan yakkama-yakka chiqib borib, darvozani ishg‘ol qildi.
Shundan keyin «Bachki» futbolchilari g‘azabga minishdi va butun tarkib bo‘lib Grobovichni quvlay ketishdi. Grobovich esa qochib qutulishga muvaffaq bo‘ldi, ammo ta’qibchilardan biri uning yuziga zarba berishga ulgurdi. Bu hodisadan keyin maydonda ikki jamoa futbolchilari ishtirokida ommaviy to‘qnashuv kelib chiqdi, yakunda o‘yin bosh hakami «Metalats»ning bir, «Bachki»ning ikki futbolchisini maydondan chetlatdi.
Ikkinchi bo‘limda maydon egalari ikkinchi golni urishdi va g‘alabani mustahkamlashdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar