
"Paxtakor" - "Andijon" (5:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar ustozi Shota Arveladze o‘z fikrlarini bildirdi.
"Natijani ko‘rganlar oson o‘yin bo‘lgan deb o‘ylashi mumkin, ammo har bir o‘yin og‘ir o‘tmoqda. Ikkinchi davraning birinchi qismini ajoyib tarzda o‘tkazdik. Endi kichik tanaffus bo‘ladi. Klubimizning deyarli barcha a’zosi terma jamoalarga ketishadi. O‘z navbatida O‘zbekiston milliy terma jamoasiga Jahon chempionati saralashida super startni tilayman. Bu futbolchilarga ham, terma jamoaga ham, o‘zbek xalqiga ham kerak.
Ikkinchi o‘rin bilan farq 15 ochkoga yetdi. Bu katta farq. Intriga bor. Sababi bizdan keyingi o‘rinlarda borayotgan klublar bir biriga juda yaqin joylashgan. Yana kubok o‘yinlari ham kutib turibdi.
Bizning yigitlar futbol o‘ynashni sevishadi. Shu bois ham ularda motivatsiya yo‘qolmaydi.
Sadriddin Abdullayev FIFA kunlaridan keyin safga qaytadi. Ammo Sidiqov va Komilov uchun mavsum yakuniga yetgan. Ular keyingi mavsumga yaxshi tayyorlanishlari lozim bo‘ladi", - deydi Shota Arveladze.
Manba: championat.asia “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar