Olim Nazarov “WBO international Flyweight Title” kamari sohibiga aylandi

Olim Nazarov “WBO international Flyweight Title” kamari sohibiga aylandi
Xabaringiz bor, 25 avgust kuni Vetnamning Xo Shi Min shahrida tashkil etilgan professional boks oqshomida bir qator hamyurtlarimiz navbatdagi janglarini o‘tkazishdi. Quvonarlisi, barchasi raqiblarini mag‘lubiyatga uchrata oldi.

Ravshanbek Shermatov xitoylik Zu Bingcheng ustidan olti raundlik jangda ochkolar hisobida ustun kelgan bo‘lsa, yana bir yurtdoshimiz Shohrux Ashurov ham janubiy koreyalik Jung San Kangni 6 raundlik reyting jangida to‘la to‘kis mag‘lub etdi.

Eng asosiysi tajribali Olim Nazarov filippinlik Ivan Sorianoga qarshi “WBO international Flyweight Title” kamari uchun kechgan 12 raundlik qarama-qarshilikda ajoyib harakatlari bilan raqibi ustidan ochkolar hisobiga zafar quchdi va mazkur kamar sohibiga aylandi.
Olim Nazarov “WBO international Flyweight Title” kamari sohibiga aylandi
Eslatib o‘tamiz: Ushbu bokschilarimiz Janubiy Koreyaning Cocky Buffalo promouterlik klubi safida yosh iste’dodli murabbiy Bobur Najmiddinov qo‘l ostida mashg‘ulotlar olib borishmoqda.
Olim Nazarov “WBO international Flyweight Title” kamari sohibiga aylandi
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar