06:00 / 05.09.2019
3 216

JCh-2022. Usmon Toshev nima uchun "Buxoro" futbolchisini terma jamoaga chaqirmaganini aytdi

JCh-2022. Usmon Toshev nima uchun "Buxoro" futbolchisini terma jamoaga chaqirmaganini aytdi
JCh-2022 saralashi doirasidagi Tojikiston - Qirg‘iziston uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Usmon Toshev va jamoa sardori Axtam Nazarov ishtirok etdi. Bu haqda Tojikiston futbol Federatsiyasi rasmiy sayti xabar berdi.

Usmon Toshev, Tojikiston bosh murabbiyi:

– Barchasi JCh-2022 saralashi boshlanishi bilan tabriklayman. Startni ancha uzoq vaqt kutdik. O‘yinlarga astoydil tayyorlandik. Qirg‘iziston bilan o‘yinda maqsadimiz bitta – g‘alaba, uyda uch ochko olish va saralashni yaxshi kayfiyatda boshlash. Muxlislarimizni quvontirishni istaymiz. Jamoa tayyor, futbolchilarning ko‘zlari yonmoqda. Raqibni yaxshi o‘rgandik. Tajribali, BAAda o‘tgan Osiyo Kubogida yaxshi ishtirok etgan jamoa.

– JCh-2022 saralashidagi qaysi o‘yin eng qiyini bo‘ladi?
– Barcha o‘yinlar qiziqarli va qiyin bo‘ladi. Barcha jamoalar saralashga jiddiy tayyorgarlik ko‘rishgan, oson o‘yinlar bo‘lmaydi.

– Muxlislar Tojikiston terma jamoasiga tajribali futbolchilar Fatxullo Fatxulloyev va Nuriddin Davronov chaqiruv olishmadi deb savol berishmoqda?
– Fatxulloyev ("Buxoro" futbolchisi, izoh - tahririyat) Osiyo Kubogi-2019 saralashining so‘nggi turida qizil kartochka olgan va uchta o‘yinga diskvalifikatsiya qilingan. Uning diskvalifikatsiyasi JCh-2022 saralashiga ham o‘tadi. Fatxulloyev noyabr oyidagi bahslarda bizga yordam bera oladi. Nuriddin Davronov esa yaqindagina o‘ynashni boshladi. U Ummonga yaqinda ko‘chib o‘tdi va yangi klubga moslashmoqda. Davronov kerkli formaga kirib olsa milliy terma jamoaga albatta chaqiruv oladi.

– Legionerlar Manuchexr Jalilov, Xurshed Beknazarov, Amirbek Jo‘raboyev va Parvizdjon Umarboyev qanday holatda?
– Yigitlar yaxshi formada. Xurshed Beknazarov, Manuchexr Jalilov va Amirbek Djuraboyev ancha oldin terma jamoa ixtiyoriga yetib kelishgani yaxshi bo‘ldi, ular jamoa bilan ko‘p mashg‘ulot o‘tkazishdi. Parvizdjon Umarboyevga kelsak, u o‘tgan kuni yetib keldi. U Bolgariya chempionatida o‘z klubi safida maydonga tushgani bois oldinroq kela olmadi. Ammo Umarboyev aqlli, tezkor futbolchi, tezda kollektivga ko‘shilib ketdi.

– Qirg‘iziston bilan o‘yindan oldin muxlislarga nima deysiz?
– Muxlislar biz uchun qayg‘urishayotganidan xursandman. Barchani ertaga stadionga taklif qilaman va muhim bahsda bizni qo‘llab turishlarini so‘rayman. G‘alaba qozonib ularni xursand qilishga borimizni beramiz.

Axtam Nazarov, Tojikiston terma jamoasi sardori:

– Birinchi o‘yin doim muhim, barcha yigitlar o‘yinning ahamiyatini his qilib turishibdi. Terma jamoada ajoyib muhit hukm surmoqda, barcha maydonga tushib eng yaxshi o‘yinni ko‘rsatishga tayyor. Raqib bizga yaxshi tanish, ularga qarshi bir necha marta o‘ynaganmiz. Kurashamiz va g‘alaba qozonib muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz. Ertaga barchani stadionga kelib bizning haqiqiy 12-o‘yinchimiz bo‘lishga chorlayman! Qadrli muxlislar, sizning qo‘llab-quvvalashingiz zarur!

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » JCh-2022. Usmon Toshev nima uchun "Buxoro" futbolchisini terma jamoaga chaqirmaganini aytdi