Habib Nurmagomedov Poryega qarshi jangdan qancha ishlab olishi ma’lum bo‘ldi

Habib Nurmagomedov Poryega qarshi jangdan qancha ishlab olishi ma’lum bo‘ldi
Foto: Yandex Photos
Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov amerikalik yakkakurashchi Dastin Poryega qarshi jangdan qancha daromad olishi ma’lum bo‘ldi.

Rossiyalik sportchining mazkur bellashuvdagi gonorari 6 million dollarni tashkil etadi. Shu tariqa Nurmagomedov UFC sobiq chempioni Konor Makgregorga qarshi jangidagidan uch barobar ko‘p pul ishlab oladi.

Eslatib o‘tamiz, Habib va Porye o‘rtasidagi jang bugun Abu Dabida bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, mazkur qarama-qarshilik bugun oqshom Toshkent vaqti bilan soat taxminan 00:30 da boshlanadi.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar