22:00 / 15.09.2019
2 853

Andrey Kanchelskis: "Navbahor" zaxira o‘rindig‘i juda ham "tor"

Andrey Kanchelskis: "Navbahor" zaxira o‘rindig‘i juda ham "tor"
Superliga 19-turidan o‘rin olgan "Navbahor" hamda "Paxtakor" jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan so‘ng (0:1) "lochinlar" ustozi Andrey Kanchelskis uchrashuv borasidagi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Bugun muhim o‘yin bo‘ldi, ammo imkoniyatni boy berdik. Bugun oltin ochkolarni qo‘lga kiritishimiz mumkin edi. "Paxtakor" klubining zaxira o‘rindig‘i yuqori saviyadagi futbolchilardan tashkil topgan. Bizda esa tanlov imkoniyati biroz kamroq. Qolaversa, bir qator futbolchilar jarohat bois jamoamizga yordam bera olmayapti. Masalan, Azim Ahmedov. Uchrashuv davomida muxlislar futbolchi amlashtirishni so‘rashdi. Ammo kimni almashtiraman? Zaxira o‘rindig‘imiz kam.

Futbolchilarim bugungi bahsga jismoniy, funksional va psixologik jihatdan tayyor emas edi va bu mag‘lubiyatimizning asosiy sababidir. Keyingi bahslarda yaxshi o‘yin namoyish etish uchun ko‘p ter to‘kishimizga to‘g‘ri keladi. Shundagina muvaffaqiyatga erishishimiz mumkin.

Obid Jo‘raboyevda jarohat, Abbos G‘ulomov uzoq muddatga safdan chiqqan, Azim Ahmedovda ham kichik jarohat bor edi. Muxlislar bugun "zamena, zamena" deb baqirishdi, ammo kimni maydonga tushirishim kerak edi?

"Navbahor"dan ketganimdan keyin ko‘plab takliflar bo‘ldi, ular qatorida O‘zbekistondan ham taklif bor edi. Viloyat hokimi "Navbahor" uchun qayg‘uradi. Eski ginalarni unutish va ishlash kerak.

Yil so‘nggida "Navbahor"ning ko‘plab futbolchilari bilan xayrlashamiz. Oldingi murabbiyning o‘z qarashlari bor, mening o‘z qarashlarim bor.
Oldinda 7 ta o‘yin bor, yigitlar bilan gaplashib oldik va o‘z oldimizga bu o‘yinlarda jami 21 ochko olishni maqsad qilib qo‘ydik.

Bugun hakamlar tomonidan yo‘l qo‘yilgan juda qo‘pol xatolarni ko‘rganim yo‘q. Masalan, "Andijon" bilan bahsdagi hakamlik juda yomon bo‘lgandi. Bugun esa unday bo‘lmadi va hakamga e’tirozim yo‘q", - deydi Andrey Kanchelskis.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Andrey Kanchelskis: "Navbahor" zaxira o‘rindig‘i juda ham "tor"