Foto: EPA-EFE/ANDREW GOMBERT
Keniyalik yuguruvchi sportchi Jeffri Kipsang Daniya poytaxti Kopenhagen shahrida bo‘lib o‘tgan yarimmarafon (21,1 km) da jahon rekordini yangiladi. Uning natijasi 58 daqiqayu 1 soniyani tashkil etdi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.
Yengil atletika federatsiyalari xalqaro assotsiatsiyasi (IAAF) hozircha natijani ratifikatsiya qilmagan. Avvalgi rekord uning hamyurti Abraham Kiptum (58 daqiqayu 18 soniya) ga tegishli bo‘lgan va Ispaniyaning Valensiyasida 2018 yilning 28 oktyabrida o‘rnatilgan edi.
Kopenhagendagi yarimmarafonga qatnashish uchun Kipsang Qatar poytaxti Doha shahrida 27 sentyabrdan 6 oktyabrga qadar o‘tkaziladigan yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatida qatnashishdan ham voz kechgan.
Kipsang 10.000 metrga yugurish bo‘yicha 2015 yilgi jahon chempionatining kumush medali sovrindori hisoblanadi. Keniyalik yuguruvchi yarimmarofonda uch marta jahon birinchiligi g‘olibi ham bo‘lgan. Yarimmarafon olimpiya sport turi hisoblanmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi