2 944
Rustam Assakalov jahon chempionatida O‘zbekiston hisobiga ikkinchi medalni qo‘shib qo‘ydi
Rustam Assakalov / Foto muallifi Anvar Ilyasov
Qozog‘istonning Nur-Sulton shahrida sport kurashlari bo‘yicha bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi yana bir medalni qo‘lga kiritdi.
Yunon-rim kurashi bo‘yicha musobaqada O‘zbekiston sharafini -87 kilogramm vazn toifasida himoya qilayotgan Rustam Assakalov bronza medal uchun gilamga chiqdi. Tajribali kurashchi qirg‘izistonlik Atabek Azisbekovga qarshi shiddatli va murosasiz kechgan bellashuvda 6:2 hisobida g‘alaba qozondi va bronza medalni qo‘lga kiritdi.
15 sentyabr kungi bahslarda Rustam Assakalov yarim finalga qadar yetib borib, Tokio olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi. Ammo Assakalov final ostonasida vengriyalik Viktor Lorinsga yutqazgan va bronza medal uchun kurashadigan bo‘lgandi.
Eslatib o‘tamiz, kecha Aram Vardanyan -72 kilogramm vazn toifasida kumush medaliga sazovor bo‘lib, O‘zbekiston terma jamoasiga musobaqadagi birinchi medalni olib bergandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi