Ertaga, 18 sentyabr kuni Toshkentda U-16 Osiyo chempionati-2020 saralash bahslari start oladi.
Poytaxtimiz mezbonlik qiladigan saralashning “B” guruhida Hindiston, O‘zbekiston, Bahrayn va Turkmaniston o‘smirlar terma jamoasi yo‘llanma uchun bahs olib borishmoqda.
Bugun, 17 sentyabr kuni saralash bahslari oldidan bosh murabbiylar ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi.
- Musobaqa tashkilotchilariga rahmat aytaman. Guruhimizda kuchli jamoalar yig‘ilishgan. Saralashda eng omad muhim rol o‘ynaydi. Havo issiq bo‘lishiga qaramay g‘alaba qozonishga va Osiyo chempionatiga chiqishni istaymiz, - deydi Bahrayn ustozi Rashid Abdulrahmon Al Dosari.
- Mehmondo‘stlik uchun O‘zbekiston mamlakatigaga minnatdorchilik bildiraman. Bu guruh saralashdagi eng qiyin guruhlardan biri hisoblanadi. Bizning maqsadimiz guruhda birinchi o‘rinni olish va Osiyo chempionatiga chiqish. Toshkentda o‘zimizning eng yaxshi o‘yinimizni namoyish etishni istaymiz. Har bir jamoaga qarshi bahs og‘ir kechadi lekin aytganimdek guruhda birinchi o‘rinni olishni xohlaymiz, - deydi Hindiston U-16 terma jamoasi bosh murabbiyi Bibiano Fernandes.
- Hindiston, Bahrayn va Turkmaniston terma jamoalarini yurtimizda ko‘rib turganimdan mamnunman. Guruhimiz chindan ham ancha murakkab. Ba’zi muxlislar bizni oson guruhdan o‘rin oldi, deb o‘ylashmoqda. Lekin 15-16 yoshli bolalar futboli bilan kattalar futboli o‘rtasida tafovut katta. Biz guruhdagi barcha jamoalarni hurmat qilamiz. Oldimizga guruhda 1-o‘rinni egallash va Osiyo chempionatiga yo‘l olish vazifasi qo‘yilgan. Har bir ishtirokchi jamoaga omad tilayman va saralash bahslari turli jarohatlarsiz o‘tishini tilab qolaman, - deydi O‘zbekiston U-16 terma jamoasi bosh murabbiyi Azamat Abduraimov.
- Barchaga xayrli kun. O‘zbekistondek ajoyib mamlakatga ekanligimizdan xursandmiz. Guruhimizdagi raqiblarimiz juda ham kuchli. Turkmaniston futboli nimalarga qodirligini ko‘rsatishni istaymiz. Chiroyli o‘yin namoyish etishga harakat qilamiz, - deydi Turkmaniston U-16 terma jamoasi bosh murabbiyi Botir Shixiyev.
Manba: championat.asia “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi