
Foto: Instagram/@gianluigibuffon
Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 4-turidan o‘rin olgan bahsda «Yuventus» o‘z maydonida «Verona» klubini mehmon qildi.
Bellashuv Turin klubining 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Shu kuni turinliklar darvozasini Janluiji Buffon qo‘riqladi.
Buffon o‘yindan so‘ng Instagram’dagi sahifasiga bir nechta suratni joyladi. Suratlardan birida o‘zbekistonlik futbol muxlisining quyidagi yozuvlari aks etgan banner ham bor edi: «Buffon, seni ko‘rish uchun O‘zbekistondan 5000 km yo‘l bosib keldim».

Foto: Instagram/@gianluigibuffon
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda «Yuventus»ning rasmiy fan klubi mavjud. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar