Rossiyalik erkin kurashchi Abdulrashid Sadulayev Nur-Sulton shahrida bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida 97 kg vazn toifasida chempion bo‘ldi.
U finalda ozarboyjonlik erkin kurashchi Sharif Sharifovni 4:0 hisobida mag‘lub etdi va to‘rt karra jahon chempioniga aylandi.
Sadullayev 2016 yilgi Rio Olimpiadasida -86 kg vazn toifasida ishtirok etib, oltin medalga sazovor bo‘lgan. Sadullayev 2014 yil Toshkentda, 2015 yil Las-Vegasda o‘tkazilgan jahon chempionatida 86 kg vazn toifasida, 2018 yil Budapeshtda o‘tkazilgan jahon chempionatida -97 kg vazn toifasida chempion bo‘lgan, 2017 yil Parijda o‘tgan turnirda esa kumush medal olgan.
Sharif Sharifov esa 2012 yilgi London Olimpiadasida -84 kg vazn toifasida ishtirok etib, oltin medal olgan, 2016 yil Rio Olimpiadasida esa -86 kg vazn toifasida qatnashib, bronza medalga sazovor bo‘lgan. U shuningdek, 2009 yil Herningda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida bronza, 2011 yili Istanbulda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan.
Bu vazn toifasida Shimoliy Makedoniya vakili Magomedgadji Nurov va amerikalik Kayl Snayder bronza medallarga ega chiqishdi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu turnirda -97 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini Magomed Ibragimov himoya qildi. Lekin u chorak finalda amerikalik Kayl Snayderga yutqazib medallar uchun kurashdan chiqdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin