
"Nasaf" - "Buxoro" (1:2) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar ustozi Muhsin Muhammadiyev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
- Bugun ajoyib o‘yinni o‘tkazdik, Qarshida g‘alaba qozonish har qanday jamoaning orzusi, biz eplay oldik. "Nasaf" kuchli hurmatga sazovor jamoa, kuchli murabbiy va jamoaning aksar o‘yinchilari yosh, jismonan baquvvat. Maydon chimi ajoyib holatda. Bunaqa maydonda yomon o‘ynash mumkin ham emas. O‘yinga tuzgan rejalarimizni yigitlar a’lo darajada bajarishdi. Oldingi turda o‘z maydonimizda yutqazib qo‘ygan edik. Bizda hozir barcha o‘yinlar finaldek. Turnir jadvali shuni taqazo etmoqda.
G‘alaba qozonganimizdan benihoyatda xursandman. Barchani muhim g‘alaba bilan tabriklayman, - dedi murabbiy. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar