Fransiya politsiyasi ikki nafar tennischi - o‘zbekistonlik Albina Xabibulina va qirg‘izistonlik Kseniya Palkinani qo‘lga oldi. Ular kelishilgan o‘yinlarda gumonlanmoqda.
Ushbu hibsga olishlar Fransiyadagi musobaqalarda kelishilgan o‘yinlarni aniqlash bo‘yicha olib borilgan yirik surishtiruvning bir qismiga aylandi. Bu haqda Gotennis'ga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.
L’Equipe ma’lumotiga ko‘ra, avvalroq Xabibulina mart oyida Gonnesdagi turnirda o‘tkazilgan o‘yinda atayin mag‘lub bo‘lganini tan olgan. Palkina esa u va pul tikadigan odamlar o‘rtasida vositachilik qilishda gumonlanmoqda. Fransiya rasmiylarining sportchilarga bo‘lgan e’tiborini shubhali pul tikishlarni payqagan britaniyalik bukmekerlar jalb qildi.
Surishtiruv tufayli Xabibulina va Palkina juftlikda o‘ynashi kerak bo‘lgan Klermont-Ferrandagi ITF musobaqasida ishtirok etmaydigan bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi