FIFA prezidenti "Paxtakor"ni chempionlik bilan tabrikladi

Xabaringiz bor, Toshkentning "Paxtakor" klubi Superliga 20-turi doirasida Bekobodda "Metallurg"ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi va muddatdan avval chempionlikni rasmiylashtirdi. "Sherlar" Bekoboddagi g‘alabadan so‘ng O‘zbekistonning 12 karra chempionlariga aylanishdi.
FIFA prezidenti Janni Infantino O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga maktub yo‘llab, "Paxtakor" klubini mamlakat chempionati oltin medallariga ega chiqqani bilan tabrikladi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
- "Paxtakor" klubi 2015 yildan buyon ilk marta yana O‘zbekiston chempionligini tantana qildi. Ushbu yutuq klubning ahil va mexnatkash jamoasi, murabbiylar shtabi hamda futbolchilarining ulkan mashaqqati mahsulidir. Mazkur muvaffaqiyat bilan "Paxtakor" klubining barcha vakillari hamda ishqibozlarini muborakbod etaman, - deya o‘z tilaklarini yo‘lladi FIFA prezidenti.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!FIFA prezidenti Janni Infantino O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga maktub yo‘llab, "Paxtakor" klubini mamlakat chempionati oltin medallariga ega chiqqani bilan tabrikladi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
- "Paxtakor" klubi 2015 yildan buyon ilk marta yana O‘zbekiston chempionligini tantana qildi. Ushbu yutuq klubning ahil va mexnatkash jamoasi, murabbiylar shtabi hamda futbolchilarining ulkan mashaqqati mahsulidir. Mazkur muvaffaqiyat bilan "Paxtakor" klubining barcha vakillari hamda ishqibozlarini muborakbod etaman, - deya o‘z tilaklarini yo‘lladi FIFA prezidenti.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…