Habib Nurmagomedov: «O‘zbekistonda MMA akademiyasini ochmoqchimiz»

Foto: TASS / Demyanchuk Aleksandr
MMA jangchisi, yengil vaznda UFC chempioni Habib Nurmagomedov O‘zbekistonda jang san’ati akademiyasini ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda u Sankt-Peterburgda o‘tgan Sinergiya global forumi doirasidagi matbuot anjumanida ma’lum qildi.
«O‘zbekistonda kelgusida MMAni rivojlantirib, akademiyamni ochish niyatidamiz. O‘zbekistonda do‘stlarimiz ko‘p. Nafaqat do‘stlarim, muxlislarim ham juda ko‘p. Adashmasam, u yerda 35 million aholi bor. Dunyoning qayeriga borsam ham, o‘zbeklar oldimga kelib, omad tilashadi», – dedi Nurmagomedov.
Habib, shuningdek, 23 noyabr kuni Toshkentda amakivachchasi Umar Nurmagomedov ishtirokida o‘tadigan GFC-21 musobaqasi «Humo» arenasida o‘tkazilishini ma’lum qildi.
«Biz u yerda GFC-21 turnirini o‘tkazamiz. Bu – O‘zbekiston tarixidagi ilk MMA musobaqasi bo‘ladi. Adashmayotgan bo‘lsam, turnirni «Humo» arenasida o‘tkazamiz.
[Bu g‘oyani] hukumat qo‘llab-quvvatlayapti. Musobaqada o‘zbekistonlik 7 nafar, bizning zalimizdan esa 6 nafar jangchi qatnashadi», – dedi dog‘istonlik jangchi.
Habib Nurmagomedovning aytishicha, u navbatdagi jangini kelasi yil mart yoki aprel oyida o‘tkazishni rejalashtirgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!MMA jangchisi, yengil vaznda UFC chempioni Habib Nurmagomedov O‘zbekistonda jang san’ati akademiyasini ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda u Sankt-Peterburgda o‘tgan Sinergiya global forumi doirasidagi matbuot anjumanida ma’lum qildi.
«O‘zbekistonda kelgusida MMAni rivojlantirib, akademiyamni ochish niyatidamiz. O‘zbekistonda do‘stlarimiz ko‘p. Nafaqat do‘stlarim, muxlislarim ham juda ko‘p. Adashmasam, u yerda 35 million aholi bor. Dunyoning qayeriga borsam ham, o‘zbeklar oldimga kelib, omad tilashadi», – dedi Nurmagomedov.
Habib, shuningdek, 23 noyabr kuni Toshkentda amakivachchasi Umar Nurmagomedov ishtirokida o‘tadigan GFC-21 musobaqasi «Humo» arenasida o‘tkazilishini ma’lum qildi.
«Biz u yerda GFC-21 turnirini o‘tkazamiz. Bu – O‘zbekiston tarixidagi ilk MMA musobaqasi bo‘ladi. Adashmayotgan bo‘lsam, turnirni «Humo» arenasida o‘tkazamiz.
[Bu g‘oyani] hukumat qo‘llab-quvvatlayapti. Musobaqada o‘zbekistonlik 7 nafar, bizning zalimizdan esa 6 nafar jangchi qatnashadi», – dedi dog‘istonlik jangchi.
Habib Nurmagomedovning aytishicha, u navbatdagi jangini kelasi yil mart yoki aprel oyida o‘tkazishni rejalashtirgan.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…