date

Noyer, Ronaldu va Messi – UEFAning yil terma jamoasida

Noyer, Ronaldu va Messi – UEFAning yil terma jamoasida

UEFA "Yil jamoasi-2014" so‘rovnomasi natijalarini e’lon qildi. So‘rovnomada 8,6 million muxlis ishtirok etdi, deb xabar bermoqda Stadion.uz.

Bu jamoaga "Bavariya"ning 4 o‘yinchisi kiritildi: Manuel Noyer, Filipp Lam, David Alaba va Aren Robben.

Ta’kidlash joiz, Krishtianu Ronaldu ramziy terma jamoaga sakkizinchi marta tushmoqda, Lionel Messi esa - oltinchi marta.

Hammadan ko‘p ovozni Ronaldu oldi - 623 046.

UEFA-2014 ramziy terma jamoasi:

Darvozabon: Manuel Noyer («Bavariya», Germaniya)

Himoyachilar: Filipp Lam, David Alaba (ikkisi — «Bavariya», Germaniya), Serxio Ramos («Real», Ispaniya), Diego Godin («Atletiko», Ispaniya)

Yarimhimoyachilar: Aren Robben («Bavariya», Germaniya), Anxel Di Mariya («Real», Ispaniya / «MYu», Angliya), Toni Kros («Bavariya», Germaniya / «Real», Ispaniya)

Hujumchilar: Zlatan Ibrohimovich («Pari Sen-Jermen», Fransiya), Lionel Messi («Barselona», Ispaniya), Krishtianu Ronaldu («Real», Ispaniya).

Foto: stadion.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Noyer, Ronaldu va Messi – UEFAning yil terma jamoasida