
Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2022 ikkinchi saralash bosqichidan o‘rin olgan Singapurga qarshi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Mashg‘ulotlar "Jar" stadionida o‘tkazilmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekiston terma jamoasi yordamchi murabbiyi Timur Kapadze va darvozabon Abdumavlon Abdujalilov o‘yinoldi matbuot anjumanida ishtirok etish uchun Singapurga jo‘nab ketdi. Terma jamoamiz charter reysda safarga chiqishi bois matbuot anjumanida ishtirok eta olmaydi. Shu bois Kapadze bir kun avval Singapurga yo‘l oldi.
Eslatib o‘tamiz ushbu bahs 15 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan 16:45da boshlanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar