
14 oktyabr kuni Qarshida O‘zbekistor Respublikasi Prezidentining "2018-2022 yillarda futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi № PP-3610 sonli qarorining ijrosi doirasida ENTER Engineering kompaniyasi "Nasaf" klubi bilan qiymati 10 mlrd so‘mni tashkil etadigan, 2020 yil so‘nggiga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.
Ushbu mablag‘lar "Nasaf" klubining moddiy-texnik, ilmiy-uslubiy bazasini mustahkamlash hamda rivojlantirish, o‘quv-mashg‘ulot jarayonining yuqori sifatini ta’minlash, shuningdek, futbolni keng aholi o‘rtasida ommalashtirish va targ‘ib qilish uchun yo‘naltiriladi.
"Nasaf" jamoasi rahbariyati o‘z futbol maktabi bazasida yosh futbolchilarni tarbiyalash maqsadida legioner futbolchilardan voz kechishga qaror qildi. Bilasiz, ayni vaqtda qarshiliklarning 12 nafar futbolchisi O‘zbekiston olimpiy terma jamoasi a’zosi sanaladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar